"G'or maktabi" haqida eshitganmisiz?

Dongzhong Mid-Cave boshlang‘ich maktabi Xitoyning Guanchjou viloyatidagi tog‘li Miao qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, g‘or ichida joylashgani bilan mashhur. Maktab 1984-yildan 2011-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan va bu vaqt ichida u o‘zining noyob joylashuvi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.
Dongzhong (Xitoy tilida “g‘or ichidagi” degan ma’noni anglatadi) Mid-Cave boshlang‘ich maktabi Xitoyning qashshoq qishloq joylaridagi o‘quvchilarga ta’lim berish imkoniyatini yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Bino qurish uchun mablag‘ yo‘qligi sababli Miao aholisi ta’limni o‘z qo‘liga olishga qaror qilib, qurilish uchun resurslar yetishmayotganligi sababli, g‘ordan maktab sifatida foydalanishga qaror qilishadi.
Chunki bu mintaqada boshqa yaroqli inshootlar bo‘lmagan. Tog‘li qishloqlarda ta’lim olish imkoniyati cheklanganligi bois bu g‘or maktabga aylantirilib, maktab binosining o‘rnini bosgan.
Miao aholisi uni Mid-Cave Boshlang‘ich maktabi deb nomlashdi. 1984-yili g‘orda 8 nafar o‘qituvchi va 186 nafar o‘quvchi bilan maktab ish faoliyatini boshlaydi.
Maktab oddiy sinfxonalar kabi tashkil etilgan bo‘lib, asosan mahalliy aholi bolalariga xizmat qilgan. Sinflar uchun bino bo‘lmaganligi sababli, g‘orning tabiiy tuzilishi o‘quvchilarga boshpana vazifasini o‘tagan.
O‘quvchilar bu maktabga borish va qaytish uchun kuniga olti soatgacha vaqt sarflashgan. Guanchjou Xitoyning eng qashshoq viloyatlaridan biri bo‘lganligi uchun ular hukumatdan deyarli yordam olishmagan.
Vaqt o’tib Xitoy hukumati g‘or xavfsizligidan xavotirlana boshlaydi. Natijada, ushbu maktab 2011-yilda yopiladi.
Dongzhong Mid-Cave boshlang‘ich maktabi g‘ayrioddiy joylashuvi va qiyin sharoitlar ostida mahalliy bolalarga ta’lim berish imkoniyatini yaratgani uchun diqqatga sazovor bo‘lib qolgan.
Bu maktabda ta’lim olishning ahamiyati va insonlarning noqulay sharoitlarda ham bilim olishga intilishini aks ettiruvchi timsol sifatida eslanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“O‘qituvchilik kasbini eng obro‘li kasbga aylantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz izchil davom ettiriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi

Gulnora Karimovaning musodara qilingan pullari qishloq maktablarini ta’mirlash uchun sarflanadi

Izohingizni tahrirlang