Top.Mail.Ru
Bizning jamoa
team

Ulug'bek Po'latov

Loyiha asoschisi

Po‘latov Ulug‘bek Shavkat o‘g‘li — 1992-yil 18-dekabrda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi pedagog. Farg‘ona davlat universitetining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalararo)” fakulteti bakalavriyat bosqichini, Oriental universitetining “Ta’lim menejmenti” magistratura bosqichini tamomlagan.

Faoliyati mobaynida davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, yoshlar yetakchisi, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, shuningdek Toshkent shahridagi “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Profi Universitetining pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda “Xalq ta’limi Info” tahririyati direktori.

line

Muallifning eng so‘ngi maqolalari

Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi? So'ragan edingiz

Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?

Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.

14:30 / 30.10.2026
Nega rus tili olimpiadasida rus adabiyoti savollari ham berildi? So'ragan edingiz

Nega rus tili olimpiadasida rus adabiyoti savollari ham berildi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qaroriga muvofiq, asosiy olimpiada “Rus tili va adabiyoti” fani bo‘yicha o‘tkaziladi.

10:18 / 30.10.2026
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi Yangiliklar

Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.

17:10 / 29.10.2026
Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi? So'ragan edingiz

Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra, fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik birlashma rahbarlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz miqdorida har oylik ustama belgilanishi mumkin.

11:43 / 27.10.2026