Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Vashingtonda Qozog‘iston Respublikasi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi, Fan va oliy ta’lim vazirligi, “Kazaktelecom” AJ, “Freedom Holding Corp.” va “OpenAI, Inc.” kompaniyalari Qozog‘iston bo‘ylab sun’iy intellektga asoslangan ta’lim va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.
Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘istondagi pedagoglar ChatGPT Edu versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ta’limda keng miqyosda foydalanish uchun yaratilgan ChatGPT Edu versiyasi korporativ darajadagi xavfsizlik, ma’lumotlar maxfiyligi va ma’muriy boshqaruvga ega bo‘lgan OpenAI’ning so‘nggi modellaridan foydalanishni taklif etadi.
U ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlarni umumlashtirish va maxsus GPTlarni yaratish kabi ilg‘or imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. Bu imkoniyatlar o‘qituvchilarning vaqtini tejab, ularni ortiqcha ma’muriy ishlardan ozod etishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasida kelgusi uch yil davomida har yili pedagog xodimlarga kamida 165 000 ta OpenAI litsenziyasi taqdim etiladi.
“Dunyo bo‘ylab o‘qituvchilar allaqachon sun’iy intellektdan foydalanib, ma’muriy yukni kamaytirmoqda va o‘quvchilarning ta’limi hamda rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Tegishli qo‘llab-quvvatlov bilan o‘qituvchilar bu vositalardan samarali foydalanishni o‘rganib, AI imkoniyatlaridan sinfda to‘liq foydalana oladilar.
Qozog‘iston hukumati bilan imzolangan bitim mahalliy pedagoglarga ChatGPT’dan foydalanish imkonini berib, sun’iy intellekt afzalliklarini butun mamlakat maktablariga olib kiradi.”, - deydi OpenAI’ning Ta’lim va Hukumat dasturlari bo‘yicha GTM rahbari Kevin Mills.
Tashabbus Qozog‘istonning raqamli transformatsiya va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa o‘qituvchilarga jahon darajasidagi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi.
Bitimning amalga oshirilishi ta’lim oluvchilarda innovatsion fikrlash, tanqidiy tahlil va ijodkorlikni rivojlantirish, shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
Yangiliklar
“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Maktab ta’limi uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma joriy qilinadi. Bunda o‘qituvchining virtual yordamchisi ishlab chiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi.
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan “ChatGPT for Teachers” servisini taqdim etdi.
AQSh
O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda — AQSh
AQSHning Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan Alpha School maktabi ta’lim sohasida inqilob qilmoqda. Bu yerda 4- va 5-sinf o‘quvchilari har kuni darsga kelishadi, ammo ularning o‘qituvchisi — odatdagidek inson emas, balki sun’iy intellektdir.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang