Top.Mail.Ru
27 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiyda qatashib, yetarli ball to'plolmasa, amaldagi toifasi saqlanadimi?

27 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiyda qatashib, yetarli ball to'plolmasa, amaldagi toifasi saqlanadimi?

00:25 / 27.01.2024 1.62k
Savol 
Assalomu alaykum. Men birinchi toifali o‘qituvchiman. 27 yillik pedagogik stajim bor,  pensiyaga chiqishimga esa 8 yil bor. Bu yil majburiy attestatsiyaga jalb qilinganman. Yangi chiqarilgan qaror bo‘yicha men attestatsiyadan o'tolmasam toifam saqlanib qoladimi?

Javob 
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandiga kora pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar esa o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.

Nizomning 7-bandiga kora o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.

Xulosa shuki, siz attestatsiyaga majburiy tarzda emas, balki o'z xohishingizga ko'ra ishtirok etishingiz lozim. Attestatsiyada ishtirok etib, unda yetarli ball to'play olmasangiz amaldagi toifangiz saqlanib qoladi.

Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarni amaliyotda qo'llashda pedagog xodimning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqish lozim. Buning uchun maktab ma'muriyati hududiy bandlik bolimlari yordamidan foydalanishlari tavsiya etiladi. 

Shuningdek, pedagog xodim o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashmoqchi bolsa, (elektron yoki qogoz korinishidagi) mehnat daftarchasini ham ilova sifatida kiritib otishi ham tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Pedagog
  • ta'lim
  • pedagogik yuklama
  • maktab
  • mehnat staji

Ulashish