27 yillik ish stajiga ega bo'lgan pedagoglar attestatsiyda qatashib, yetarli ball to'plolmasa, amaldagi toifasi saqlanadimi?
![](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1706297134istockphoto-51526438743.jpg)
00:25 / 27.01.2024
2.78k
Savol
Assalomu alaykum. Men birinchi toifali o‘qituvchiman. 27 yillik pedagogik stajim bor, pensiyaga chiqishimga esa 8 yil bor. Bu yil majburiy attestatsiyaga jalb qilinganman. Yangi chiqarilgan qaror bo‘yicha men attestatsiyadan o'tolmasam toifam saqlanib qoladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandiga ko‘ra pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan pedagog xodimlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar esa o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin.
Nizomning 7-bandiga ko‘ra o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Xulosa shuki, siz attestatsiyaga majburiy tarzda emas, balki o'z xohishingizga ko'ra ishtirok etishingiz lozim. Attestatsiyada ishtirok etib, unda yetarli ball to'play olmasangiz amaldagi toifangiz saqlanib qoladi.
Muhim eslatma: Yuqoridagi qoidalarni amaliyotda qo'llashda pedagog xodimning yillik ish stajini qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab chiqish lozim. Buning uchun maktab ma'muriyati hududiy bandlik bo‘limlari yordamidan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Shuningdek, pedagog xodim o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashmoqchi bo‘lsa, (elektron yoki qo‘g‘oz ko‘rinishidagi) mehnat daftarchasini ham ilova sifatida kiritib o‘tishi ham tavsiya etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!![](http://xalqtaliminfo.uz/storage/advertisings/1726051623“Tanaffus”_podcast577.png)
Yangiliklar
![Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738735346photo_2025-02-05_10-399.jpg)
10:30 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
![Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738403509photo_2025-02-01_14-215.jpg)
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
![Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738229277photo_2025-01-30_14-247.jpg)
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
![Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1738214084photo_2025-01-30_10-807.jpg)
10:00 / 30.01.2025
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Mavzuga doir yangiliklar
![](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1706616033Pensionerlarga362.jpg)
Podkast
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarning hali-ham maktablarda ishlab kelayotganligini ko‘pchilik tanqid ostiga olmoqda.
18:33 / 16.09.2023
![](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1706619038oylik_1936.jpg)
Podkast
Nima uchun hali ham va'da qilingan 1000 dollar oylikka yetib kelmadik?
12:36 / 16.05.2023
![](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/170662008779657431928.jpg)
Inervyu
Qog‘oz jurnal afzalmi yoki Kundalik.com?
20:10 / 07.05.2023
![](http://xalqtaliminfo.uz/storage/posts/1718257416photo_2024-06-13_10-38.jpg)
1,5 stavkadan ortiq ishlagan o‘qituvchidan ortiqcha to‘langan pullar qaytarib olinadimi?
1,5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emas.
10:30 / 13.06.2024
Izohingizni tahrirlang