Top.Mail.Ru
Direktor o‘rinbosarlarining ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berish tartibi bekor qilingan

Direktor o‘rinbosarlarining ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berish tartibi bekor qilingan

18:00 / 15.03.2024 2.30k
Ayrim hududlarda tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashlari hali ham ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlardan hisobot talab qilib, ularning faoliyatiga aralashayotgani haqida murojaatlar yetib kelmoqda.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan quyidagi tartiblar butunlay bekor qilingan:

umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlashni tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshirish;

direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yil yakuni bo‘yicha tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berishi va hisobot natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho berib borish tartibi.

E’tibor bering, yuqoridagi tartib 2021-yil 1-yanvardan boshlab Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bilan tartibga solingan edi.

Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan esa PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bekor qilib yuborilgan. Ya’ni, hozirgi kunda ushbu tartib amalda mavjud emas.

Bu tartibning joriy qilinishi direktor o‘rinbosarlariga juda katta mustaqillik berdi. Endilikda ma’naviyat-ma’rifat kengashi topshiriqlarini bajarmagani uchun o‘rinbosarlarni direktordan boshqa hech kim jazolay olmaydi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • pedagogik yuklama
  • Qog'ozbozlik

Ulashish