Direktor o‘rinbosarlarining ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berish tartibi bekor qilingan

18:00 / 15.03.2024
4.26k
Ayrim hududlarda tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashlari hali ham ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlardan hisobot talab qilib, ularning faoliyatiga aralashayotgani haqida murojaatlar yetib kelmoqda.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan quyidagi tartiblar butunlay bekor qilingan:
–umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tayinlashni tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan amalga oshirish;
–direktorlarining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yil yakuni bo‘yicha tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berishi va hisobot natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho berib borish tartibi.
E’tibor bering, yuqoridagi tartib 2021-yil 1-yanvardan boshlab Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bilan tartibga solingan edi.
Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni bilan esa PF-6108-son Farmonining 11 va 14-bandlari bekor qilib yuborilgan. Ya’ni, hozirgi kunda ushbu tartib amalda mavjud emas.
Bu tartibning joriy qilinishi direktor o‘rinbosarlariga juda katta mustaqillik berdi. Endilikda ma’naviyat-ma’rifat kengashi topshiriqlarini bajarmagani uchun o‘rinbosarlarni direktordan boshqa hech kim jazolay olmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

16:00 / 14.03.2025
O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi

23:22 / 13.03.2025
Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?

12:50 / 13.03.2025
Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi

17:27 / 12.03.2025
Yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham attestatsiyaga jalb etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi
O‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
17:35 / 22.10.2024

Inervyu
Qog‘oz jurnal afzalmi yoki Kundalik.com?
20:10 / 07.05.2023

Yangi o‘quv yilidan boshlab birorta hujjat maktablarda qog‘oz shaklida yuritilmaydi
Keraksiz bo‘lgan hujjatlardan voz kechiladi.
16:44 / 22.07.2024

1,5 stavkadan ortiq ishlagan o‘qituvchidan ortiqcha to‘langan pullar qaytarib olinadimi?
1,5 stavkadan ortiq ishlash mumkin emas.
10:30 / 13.06.2024
Izohingizni tahrirlang