200 dollar pora olgan o‘qituvchiga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
09:40 / 07.06.2024
3.76k
Sergeli tumanidagi maktablardan birida faoliyat olib boruvchi pedagog o‘zga bir fuqaroning ishonchiga kirib, undan 200 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat 2024-yil yanvar oyida sodir etilgan bo‘lib, o‘qituvchi boshqa fuqaroga o‘zi ishlaydigan maktabdagi yuqori lavozimlardan biriga tayinlanishini va’da qilgan.
“Faoliyatim davomida bu birinchi marta sodir bo‘ldi. Bunday ishlarga o‘z ixtiyorim bilan aralashganman. Bunday holat avval hech qachon sodir bo‘lmagan, bu birinchi va oxirgisi. Chuqur afsusdaman va barchadan uzr so‘rayman”, – deydi qilmishidan pushaymonligini bildirgan pedagog.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi o‘qituvchini 1 yil muddatga davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etdi.
Shuningdek, unga 2 yil, 1 oy muddatga ozodlikni cheklash qilish jazosi qo‘llanilgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
02:15 / 17.12.2025
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
14:58 / 15.12.2025
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
12:55 / 15.12.2025
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
13:52 / 12.12.2025
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Namanganda ta’lim tizimida ishlovchi mansabdor shaxslar tomonidan tashkil qilingan “bunker” fosh etildi.
22:27 / 20.11.2025
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
13:11 / 16.11.2025
Yangiliklar
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
18:14 / 31.10.2025
Yangiliklar
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilandi.
21:58 / 31.10.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang