Xodimlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 19-iyungacha dam oladigan bo'ldi
10:50 / 11.06.2024
7.73k
Prezident Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) bayramining birinchi kuni 16-iyun— yakshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 5-bandiga ko‘ra Navro‘z umumxalq bayrami, Mustaqillik kuni va Yangi yil bayrami hamda Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash davrida qo‘shimcha va ko‘chirish hisobiga ishlanmaydigan kunlar 3️ kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-son “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) 2024-yil 18-iyun — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Demak, Qurbon hayitida 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3️ kun (16-,17-, 18-iyun), 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4️ kun (15-, 16-, 17-, 18-iyun), ketma-ket dam olishadi. Ya’ni:
- 15-iyun — shanba, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar (hududiy MMTB) uchun dam olish kuni. 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan (ta’lim muassasalari) xodimlar uchun esa ish kuni.
- 16-iyun — yakshanba, Qurbon hayitining birinchi kuni.
- 17-iyun — dushanba, Qurbon hayitining birinchi kuni yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni dushanba kuniga ko‘chiriladi.
- 18-iyun — seshanba, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
- 19-iyun — chorshanba, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
Diqqat! Ayrim xususiy sektordagi ish beruvchilar bu bizga taalluqli emas, qo‘shimcha dam olish kuni hamma ishga chiqsin deb, g‘ayriqonuniy topshiriq bermoqda. Yuqoridagi holatlar mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar, ya’ni sodda qilib aytganda, budjet va xususiy tashkilotlar uchun ham majburiydir.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
11:52 / 26.03.2026
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchi faqat yozda ta’tilga chiqishi shartmi?
Mehnat qonunchiligida pedagog xodimlar aynan yozda ta’tilga chiqishi shart degan talab yo‘q.
15:00 / 01.05.2024
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.
10:54 / 19.03.2026
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
09:50 / 08.01.2026
Yangiliklar
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
23:11 / 24.12.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang