Tekshiruvchilar ustama uchun to‘langan pullarni o‘qituvchidan qaytarib olishi to‘g‘rimi?
14:20 / 26.06.2024
14.78k
Savol
Hozirgi kunda bizning tumanimizda “audit” tekshiruvi o‘tkazilmoqda. 823-qaror bo‘yicha ustama noto‘g‘ri to‘langan emish. Sababi, o‘quv yili tugashi bilan ustama to‘xtatilishi kerak ekan. Hozir hamma maktablarga 20-30 mln.dan chiqarib qo‘ydi. Iyun, avgust oylariga uchun noto‘g‘ri to‘langan deb.
Mana shu masalaga aniqlik kiritishga, ya’ni ustama haq o‘qituvchiga sentyabrdan avgustgacha to‘lanadimi yoki sentyabrdan maygachami, shu masalaga oydinlik kiritib berishga yordam bersangiz iltimos.
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
Xo‘sh, o‘quv yili deyilganda aynan qaysi muddatlar tushuniladi?
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bob, 24-bandiga ko‘ra o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.
Ya’ni, o‘quv yili deyilganda 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar bo‘lgan muddat tushuniladi.
Unda pedagog xodimlarga iyun-avgust oylarida ustamalar to‘lanmasligi kerakmi?
To‘g‘ri, 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ustamalar o‘quv yili uchun belgilanishi nazarda tutilgan. Ammo, mazkur ustamalarni ma’lum bir davrlar oralig‘ida to‘xtatib turish haqida ham aniq norma belgilanmagan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi Nizomda ham o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar faqatgina daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmasligi belgilangan.
Ya’ni, mazkur nizomda direktor jamg‘armasi hisobidan pedagoglarga tayinlanadigan ustamalarni ma’lum bir vaqt oralig‘ida to‘xtatib turish nazarda tutilmagan.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati mazkur masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov xati yuboradi va tegishli javob olingach, bu mavzudagi qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qiladi.
Agar “Audit” tekshiruvchilarining talabi to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, avvalgi yillarda to‘langan pullar pedagoglardan undirib olinadimi?
Yo‘q, bunday holatlarda to‘langan pullarni qaytarishni talab qilish qonunchilikka zid.
Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi (shu jumladan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto‘g‘ri qo‘llanilganda) undan undirilishi mumkin emas.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga ko‘ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.
Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksi 1030-moddasiga ko‘ra, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi.
Ya’ni, pedagog xodimlarga iyun-avgust oylarida ustama to‘lab berilishi noto‘g‘ri amaliyot ekanligi tasdiqlangan taqdirda ham o‘qituvchilarga to‘lab bo‘lingan ortiqcha ustama pullarini qaytarib bo‘lmaydi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, tekshiruvchilar pulni qaytarib berishni talab qilishlari g‘ayriqonuniy hisoblanadi.
Tez orada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ham bu boradagi pozitsiyasini bilgach, yana qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qilamiz.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
08:48 / 17.09.2024
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
So'ragan edingiz
Bilasizmi?
So'ragan edingiz
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Ustamalar 1-sentyabrdan boshlab bir kalendar yil davomida to'lab beriladi
14:38 / 12.09.2024
CHQBT fani o‘qituvchisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama bersa bo‘ladimi?
Ular uchun o'tayotgan dars soati uchun alohida ish haqi to‘lanmaydi
12:55 / 20.08.2024
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lab berilgan pullar qaytarib olinishi to‘g‘rimi?
Bu to‘lovlarni qayta undirib olish imkonsiz.
21:38 / 04.08.2024
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga C darajadagi milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
16:10 / 02.08.2024
Izohingizni tahrirlang