Maktab xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga ustama belgilash mumkinmi?
Savol
Umumta’lim maktablaridagi boshlang‘ich xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanishi bo‘yicha XTVning buyrug‘i bor edi. Lekin, amalda bunga e’tibor qaratilmayapti. Shu bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot bersangiz.
Javob
Haqiqatdan ham Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 31-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan umumta’lim muassasalarida oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
Mazkur buyruqning 2-band, 3-xatboshida boshlang‘ich tashkilot raisini o‘rnatilgan tartib bilan ish haqiga qo‘shimcha ustama belgilash orqali moddiy rag‘batlantirib borish belgilangan.
Ammo boshlang‘ich tashkilot raisini aynan qaysi manbalar hisobidan rag‘batlantirish borasida to‘liq tushuntirish berilmagan.
Umumta’lim muassasasi xodimlariga direktor jamg‘armasi hisobidan qo‘shimcha ustamalar tayinlash Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solingan.
Ushbu nizomda belgilangan baholash mezonlarida esa umumta’lim muassasasi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raislari uchun alohida imtiyoz yoki ustamalar belgilash nazarda tutilmagan.
Shu sababli, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilot raisini direktor jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantirishning imkoni yo‘q.
Ammo maktabning byudjetdan tashqari jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish mumkin. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang