"O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda" — vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bayonotda ayrim tafsilotlar ham ochiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Shuningdek, olimpiadada o‘quvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashgan.
Olimpiada sinovlaridan so‘ng, tashkiliy qo‘mita tomonidan jamoalarning olimpiada nazorat materiallarini ingliz tilidan o‘z ona tillariga tarjima qilish jarayonida qo‘shimcha belgilardan foydalanish holatlari aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan.
Shu sababli, mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilingan.
"Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yilda O‘zbekiston jamoasi ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan. Bu bo‘yicha aniq qaror 2025-yil olimpiadasiga taklifnoma jo‘natish jarayonida ma’lum bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarimizning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda", - deyiladi Axborot xizmati bergan rasmiy bayonotda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Qizil” maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
Vazirlikning rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, yozgi ta’til vaqtida hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmaydi.

Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni imzolandi.

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun pul mukofoti 5 baravar oshiriladi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi
Izohingizni tahrirlang