O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi
Xalqaro Biologiya Olimpiadasi (IBO) dunyo bo‘ylab eng iqtidorli va bilimdon o‘quvchilarni bir joyga to‘playdigan nufuzli olimpiada hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili o‘tkazilib, biologiya fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi. O‘zbekiston ham bu olimpiadada 1997-yildan beri faol ishtirok etib kelayotgandi.
Lekin afsuski, O‘zbekiston 2024-yilgi Xalqaro Biologiya Olimpiadasidan chetlatilib, olimpiadada ishtirok etgan barcha o‘quvchilarning natijalari bekor qilindi. Eng yomoni IBOga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborildi.
Bu qaror IBO boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilindi va bunga O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qoidalarga rioya qilinmaganligi sabab bo‘lgan. Bu esa O‘zbekistonning kelgusidagi ishtirokini ham xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Xalqtaliminfo.uz saytiga intervyu bergan (ismi ochiqlanishini istamadi) mutaxassisning ta’kidlashicha, O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qoidalarga zid harakatlar aniqlangan, ya’ni olimpiada jarayonida o‘zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan akademik halollik tamoyillari buzilgan.
Belgilangan tartibga ko‘ra, Xalqaro Biologiya Olimpiadasining asosiy tili ingliz tili bo‘lishiga qaramay, ishtirokchilar topshiriqlarni o‘z ona tilida bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi ta’minlangan.
2024-yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan olimpiadada bir nafar o‘zbekistonlik o‘quvchining test topshiriqlariga tarjima qilish jarayonida maxsus belgilar qo‘yilganligi qayd etilgan.
Bizningcha, IBO boshqaruv kengashi bu qarorni darhol qabul qilmagan, sababi O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan 2010-yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Xalqaro Biologiya Olimpiadasida ham xuddi shunday holat kuzatilib, o‘shanda ham o‘quvchilarning natijalari bekor qilib yuborilgandi.
Bunday holat O‘zbekiston bilan ikkinchi marotaba sodir bo‘lganligi sababli, IBO boshqaruv kengashi O‘zbekistonni IBOga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborgan bo‘lishi mumkin.
Hech kimga sir emaski, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan ba’zi olimpiada, tanlov va musobaqalarda ham akademik halollik tamoyillarining buzilishi holatlari uchrab turadi. Bu esa nafaqat tanlovlarning adolatliligiga, balki ta’lim tizimining umumiy nufuziga ham jiddiy zarar yetkazmoqda.
Afsuski, halollik tamoyillarining buzilishi o‘quvchilar orasida mehnat va bilim orqali emas, balki aldov va firibgarlik orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin deb o‘ylashlariga sabab bo‘lmoqda. Buning ayanchli oqibatini esa ko‘rib turibmiz.
O‘zbekistonning Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilishi O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun juda katta zarba bo‘ldi. Endilikda ta’lim siyosatini belgilovchi shaxslar bu vaziyatni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rishlari kerak.
Hozircha mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy bayonot bermadi, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borishga tayyor ekanliklari haqidagi ma’lumotlarni ochiqlamadi.
O‘ylaymizki, vazirlik Xalqaro Biologiya Olimpiadasiga qaytish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.
Izohlar 13
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etgandi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston 2024-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasidan akademik halollik tamoyillari buzilgani sababli chetlashtirilgandi, 2026-yildan esa mazkur olimpiadada ishtirok etish huquqini qayta qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar
Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgan Oʻzbekiston endi ikkita nufuzli olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida eng nufuzli fan olimpiadalaridan sanaluvchi Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang