O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Umumiy hisobda terma jamoa a’zolari tomonidan 2 ta oltin, 2 ta kumush, jami — 4 ta medal qo‘lga kiritildi.
G‘olib o‘quvchilar bilan tanishing
Daler Rahimov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - oltin medal;
Mirjahon Muxammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - oltin medal;
Ibroxim Temurov - Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Buxoro maktabi o‘quvchisi - kumush medal;
Biloliddin Zuxriddinov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - kumush medal.
14-iyul kuni g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova boshchiligida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Fan olimpiadalari markazi tomonidan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) doirasida navbatdagi — 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2026)ga O‘zbekiston mezbonlik qilish bo‘yicha rasmiy taqdimot ham o‘tkazildi.
Taqdimotda 90 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Ularga esa Olimpiadaning asosiy g‘oyasi, Toshkent shahri infratuzilmasi va O‘zbekistonning ta’lim tizimidagi yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lumot uchun: 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi 2026-yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
O‘quvchilarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar endi jarimaga tortilishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi.
Yangiliklar
2026-yilda O‘zbekiston ikkita xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi hamda 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Yangiliklar
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
2025-yilda xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 13 mlrd so‘m pul mukofoti topshirildi.
Yangiliklar
O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi
O‘zbekiston IBOga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang