"O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda" — vazirlik
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bayonotda ayrim tafsilotlar ham ochiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Shuningdek, olimpiadada o‘quvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashgan.
Olimpiada sinovlaridan so‘ng, tashkiliy qo‘mita tomonidan jamoalarning olimpiada nazorat materiallarini ingliz tilidan o‘z ona tillariga tarjima qilish jarayonida qo‘shimcha belgilardan foydalanish holatlari aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan.
Shu sababli, mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilingan.
"Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yilda O‘zbekiston jamoasi ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan. Bu bo‘yicha aniq qaror 2025-yil olimpiadasiga taklifnoma jo‘natish jarayonida ma’lum bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarimizning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda", - deyiladi Axborot xizmati bergan rasmiy bayonotda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda O‘zbekiston ikkita xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi hamda 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Yangiliklar
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
2025-yilda xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 13 mlrd so‘m pul mukofoti topshirildi.
Yangiliklar
O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi
O‘zbekiston IBOga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborildi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro Kimyo Olimpiadasida tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi
Umumiy hisobda terma jamoa a’zolari tomonidan 2 ta oltin, 2 ta kumush, jami — 4 ta medal qo‘lga kiritildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang