Top.Mail.Ru
O‘qituvchi tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytmasa, 3 yil ishga chiqa olmaydimi?

O‘qituvchi tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytmasa, 3 yil ishga chiqa olmaydimi?

10:35 / 05.08.2024 2.44k

Savol

Maktabda o‘qituvchi tug‘ruq ta’tiliga chiqqandan so‘ng, 126 kalendar kunidan keyin ishga qaytmasa, majburiy tarzda 3 yil ishga chiqa olmaydimi?


Javob

Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi. 


Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi. 


Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.


Bunda xodim xohlagan paytida ishga qaytish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi holat kabi, agar xodim ishga qaytishni xohlasa, ish beruvchi 3 yil ishga chiqa olmaysiz deyishga haqli emas.


Ya’ni, xodim homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin xohlasa, ikki kundan keyin ham ishqa qayta oladi, chunki bu uning to‘laqonli huquqi hisoblanadi.


Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, xodim o‘z huquqidan foydalangan holda ishga qaytishi mumkin. Bunday holatda ish beruvchi dekret ta’tilidan qaytayotgan xodimga rad javobi berolmaydi.


Eslatib o‘tamiz, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (3271-sonli) nizom talablari asosida taqsimlanadi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dekret ta'tili

Ulashish