O‘qituvchi tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytmasa, 3 yil ishga chiqa olmaydimi?
Savol
Maktabda o‘qituvchi tug‘ruq ta’tiliga chiqqandan so‘ng, 126 kalendar kunidan keyin ishga qaytmasa, majburiy tarzda 3 yil ishga chiqa olmaydimi?
Javob
Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi.
Ayolga uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash uchun ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.
Bunda xodim xohlagan paytida ishga qaytish huquqiga ega bo‘ladi. Yuqoridagi holat kabi, agar xodim ishga qaytishni xohlasa, ish beruvchi 3 yil ishga chiqa olmaysiz deyishga haqli emas.
Ya’ni, xodim homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin xohlasa, ikki kundan keyin ham ishqa qayta oladi, chunki bu uning to‘laqonli huquqi hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, xodim o‘z huquqidan foydalangan holda ishga qaytishi mumkin. Bunday holatda ish beruvchi dekret ta’tilidan qaytayotgan xodimga rad javobi berolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishidan qaytgan o‘qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi (3271-sonli) nizom talablari asosida taqsimlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Uch yoshgacha bolalari bor ayol o‘qituvchi kasbiy sertifikat olmasdan ishlashi mumkinmi?
Bu Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qaroriga zid.
Dekret puli qachon 75% to‘lanadi?
Xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
“Dekret puli” qanday hisoblanadi?
Barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
Dekret ta’tilidan qaytgan xodimga necha kun mehnat ta’tili beriladi?
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillarni chalg‘itmaslik lozim.
Izohingizni tahrirlang