"Zavuch" o‘ziga 10 soat darsni olib, qolganini o‘qituvchilarga taqsimlashi to‘g‘rimi?
Savol
Biz matematika fani o‘qituvchilari 4 nafarmiz. Dars esa 60 soat. "Zavuchimiz" ham matematik, u aytyaptiki, men 10 soat dars olaman, keyin qolgan 50 soatni sizlar o‘zaro taqsimlab olasizlar deyapti, shu to‘g‘rimi?
Javob
Bu holatda dars taqsimoti “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandiga asosan amalga oshiriladi.
Nizomning 15-bandidagi ko‘rsatgichlarga muvofiq dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining erishgan yutuqlari (bunda o‘quvchilarining olimpiadalarda olgan o‘rinlari, chet tili bo‘yicha olingan sertifikatlar, ko‘rik tanlovlarda ishtiroki va boshqalar) hamda malaka toifasi, ma’lumoti kabilar inobatga olinishi lozim.
Ketma-ketlikning eng oxirida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, yuqoridagi nizomning 16-bandida ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etilishi aytilmoqda.
Dars soatlari maktabda shu fan bo‘yicha mavjud dars soatlariga, shu fandan dars beruvchi o‘qituvchilar soniga, ularning ko‘rsatkichlariga qarash lozim. Xulosa qiladigan bo‘lsak, dars taqsimoti amalda ishlayotgan o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro taqsimot qilinishi kerak va ortib qolgan dars vakant sifatida ko‘rsatiladi.
Oliy ma’lumotli talabgor kelguniga qadar esa rahbar xodimlar vaqtincha ishlab turishi mumkin, ularga bu dars doimiy o‘quv yili mobaynida biriktirib qo‘yilmaydi. Qachon oliy ma’lumotli talabgor kelsa, ulardan bu darslar olinib, yangi talabgor ishga qabul qilinishi kerak bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori 3-ilovasi 20-bandidagi “O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmaydi” deyilgan norma rahbarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Bu soatlar vakant sifatida ko‘rsatilmasa, hududiy bandlik organlari ish beruvchini ish o‘rinlarini yashirganlikda baholab, MjtK ni 229-moddasiga asosan ma’muriy jarimaga tortishi mumkin.
Sherzod Tolibov, 3-toifali yurist
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?
Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
So'ragan edingiz
Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.
So'ragan edingiz
“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.
So'ragan edingiz
1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang