Xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023/2024-o‘quv yili davomida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, olimpiada g‘oliblari, ularning ota-onalari va o‘qituvchilari hamda ishtirok etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, 2023/2024-o‘quv yilida maktab o‘quvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ushbu natija hozirga qadar eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Bular orasida nufuzga ega, ko‘pgina dunyo mamlakatlari va xalqaro darajadagi oliy ta’lim muassasalari tan oladigan xalqaro olimpiadalar mavjud.
Joriy yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta medal (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza), xususan:
- Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida 87 ta davlat (340 nafar o‘quvchi) ishtirokida o‘tkazilgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida — 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza;
- Buyuk Britaniyaning Bat shahrida 110 ta davlat (600 nafar o‘quvchi) ishtirokida o‘tkazilgan 65-Xalqaro matematika olimpiadasida — 2 ta kumush, 3 ta bronza;
- Eronning Isfaxon shahrida 46 ta davlat (230 nafar o‘quvchi) ishtirokida o‘tkazilgan 54-Xalqaro fizika olimpiadasida — 1 ta bronza;
- Misrning Aleksandriya shahrida 91 ta davlat (362 nafar o‘quvchi) ishtirokida o‘tkazilgan 36-Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta bronza, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush va 36 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek:
- Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 5 ta (3 ta kumush va 2 ta bronza);
- Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tkazilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 14 ta (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza);
- Rossiyaning Adigeya shahrida o‘tkazilgan 9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza);
- Xitoyning Shenjen shahrida o‘tkazilgan 58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 5 ta (1 ta kumush va 4 ta bronza);
- Bolgariyaning Varna shahrida o‘tkazilgan 41-Bolqon Matematika olimpiadasida 5 ta (2 ta kumush va 3 ta bronza);
- Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi (APIO)da 1 ta bronza;
- Braziliyada o‘tkazilgan (onlayn) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi matematika olimpiadasi (APMO)da 7 ta bronza;
- Buxoro shahrida o‘tkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasida 12 ta (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza);
- Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan 28-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi (JBMO)da 6 ta (3 ta kumush va 3 ta bronza);
- Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasi (IMC)da 18 ta (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza);
- Germaniyada o‘tkazilgan Xalqaro nemis tili olimpiadasida 1 ta oltin;
- Xitoyda o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta bronza;
- Eronda o‘tkazilgan Yevropa qizlar xalqaro IT olimpiadasi (EGOI)da 1 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 30-sentyabrdagi 346-son qaroriga ko‘ra, joriy yilgi xalqaro olimpiadalarda 91 ta (11 ta oltin, 24 ta kumush va 56 ta bronza) medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar turli darajadagi pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
- oltin medal sohibiga — 187,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 168,75 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga — 112,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 93,75 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga — 75 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 56,25 mln. so‘m berildi.
Ma’lumot uchun: ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi o‘quv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va to‘g‘ridan to‘g‘ri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi.
Bundan tashqari, nufuzli xalqaro olimpiada g‘oliblari keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib g‘olib bo‘lgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.
Taqdirlash marosimida, xalqaro (astronomiya, geografiya, iqtisod va xorijiy tillar) va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar sovrindorlari va ularning ustozlari ham mukofotlandi.
- oltin medal sohibiga — 56,25 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 18,75 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga — 37,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 13,125 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga — 18,75 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 11,25 mln. so‘m.
Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarning:
- oltin medal sohibiga — 4,5 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 18,75 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga — 3,0 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 13,125 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga — 2,25 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 11,25 mln. so‘m berildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada sovrindorlari oliy ta’lim muassasalariga kirishda o‘z fanidan maksimal ballga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘quvchini olimpiadalarga tayyorlagan o‘qituvchining malaka toifasi bir pog‘onaga ko‘tariladi, shuningdek, mintaqaviy xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblari keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib g‘olib bo‘lgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 100 foiz har oylik ustama oladi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda asosiy olimpiadalarning viloyat va respublika bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan jami 9 mlrd. so‘m yo‘naltirildi (2019-yilgi 780 mln so‘mdan qariyb 11,5 barobarga ko‘p).
Mazkur ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatining xalqtaliminfo.uz'ga taqdim etgan ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
122 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!
O‘zbekistonning dunyo akademik reytingidagi o‘rni qanday
Endi o‘quvchilar 5–8-sinfdan boshlab xalqaro olimpiadalarga tayyorladi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
16-30-sentyabr kunlari asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi bo‘lib o‘tadi
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab "Huquq" fanidan olimpiadalar o‘tkazildi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi
Izohingizni tahrirlang