O‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tolmasa, amaldagi toifasi tushiriladimi?

Savol
Men birinchi toifali o‘qituvchiman. Qishki navbatdan tashqari attestatsiyada yetarli ball yig‘olmadim. 58 ball bilan yiqilib, qaytdim. Endi menga qaysi toifada sertifikat beriladi?
Javob
Ma’lumki, “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 4-band, 3-xatboshiga ko‘ra, pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi mumkin.
Bunda navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga ko‘ra amaldagi malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga besh yildan so‘ng jalb etiladi.
Mazkur nizomning 7-band, 4-xatboshiga ko‘ra, o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ularga navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashishdan oldin amalda bo‘lgan malaka toifasi (lavozimi) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Xulosa shuki, yuqoridagi vaziyatda o‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tolmagan bo‘lsa ham, uning birinchi toifasi saqlanib qolaveradi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi

Sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilariga ogohlantirish berish boshlandi

Endi ayrim maktab bitiruvchilariga shahodatnomaga qo‘shimcha kasb-hunar bo‘yicha sertifikat ham beriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiyadan yiqilgan rahbar xodimlar ishdan bo‘shatilmaydimi?
Ta’lim muassasasi rahbar xodimlari, odatda, asosiy rahbarlik lavozimini o‘qituvchilik lavozimi bilan birga bajarib kelgani sababli, attestatsiyaga o‘qituvchi sifatida jalb etiladi.

Endi attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarga ancha qiyin bo‘ladi
Attestatsiyadan o‘ta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan pedagog kadr kasbiy sertifikatni qo‘lga kiritgan xoldagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi
2025-yil aprel-may oylaridagi attestatsiya imtihoni bo‘yicha vazirlik jami 6 marta sudga berilgan bo‘lib, 1 ta sud ishida vazirlik yutqazgani, 4 tasida esa yutib chiqqani ma’lum bo‘ldi.

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi
Bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi.
Izohingizni tahrirlang