O‘qituvchining ish joyi o‘zgarsa, maktabdagi ustamasi saqlanib qoladimi?

Savol
Hozirda direktor jamg‘armasi hisobidan 20 foiz ustama olaman. Yaqinda boshqa maktabga ishga o‘tmoqchiman. Ish joyim o‘zgarsa, 20 foizlik ustama saqlanib qoladimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustamalar belgilash, umumta’lim muassasasida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruh umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda tuzilib, aynan shu ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasi kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning ota-onalaridan vakillardan iborat bo‘ladi.
Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
Pedagog xodimlarga tayinlanadigan ustama u faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida erishgan natijalaridan kelib chiqib tayinlanganligi, hamda aynan shu ta’lim muassasasi ishchi guruhi tomonidan belgilanganligi bois, pedagog xodim ish joyini o‘zgartirganda tayinlangan ustamalar saqlab qolinmaydi.
Faqat bir holatdagina istisno mavjud
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan umumta’lim muassasasining direktor jamg‘armasidan belgilangan ustama haq (foiz)lari saqlanadi.
Bunda mazkur ustamalar bir o‘quv yili davomida saqlanadi va keyingi o‘quv yilida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining Ishchi guruhi tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.
Agar pedagog xodimga ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi ishchi guruhi tomonidan ustama tayinlangan bo‘lib, u boshqa maktabga ishga o‘tayotgan bo‘lsa, bu holatda ham ustamalar saqlab qolinmaydi.
Ya’ni, faqat bir holatdagina — pedagog xodim ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga o‘tgan taqdirdagina ustamalar bir o‘quv yili uchun saqlanib qoladi.
Asos: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 24-1-bandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar

70 foiz ustama oladigan o‘qituvchilar ro‘yxati “ERP” dasturiga kiritildi
Hududiy boshqarma boshliqlariga 70 foizlik ustama to‘lab berilishini nazoratga olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berdi.

70 fozilik ustama o‘qituvchining oylik maoshidan kelib chiqib to‘lanadimi?
O‘qituvchi bir stavkadan ortiq yoki kam dars bergan taqdirda, uning tarif stavkasi miqdori ham shunga mutanosib ravishda o‘zgarib boradi.

4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi
Oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
Izohingizni tahrirlang