O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi

Chust tumanidagi 11-umumta’lim maktabi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Rahmonov avtomobil prototiplarini yaratish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Uning Toshkentda namoyish etilgan “Baggi” sport avtomobili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 63 million so‘m miqdorida moliyalashtirildi.
Shuhratbek Rahmonov anchadan buyon avtomobilsozlik sohasida katta yutuqlarga erishib kelmoqda. Dastlab u erkin kurash sport turi bilan shug‘ullanib, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan sportchi sifatida tanilgan. So‘nggi yillarda esa bolalikdan bo‘lgan qiziqishi – texnika va ixtirolar yo‘nalishida o‘z izlanishlarini boshladi.
Uning ilk ishlanmalari – yuk tashuvchi mototsikl, yuqori tezlikka moslashtirilgan kvadrosikl hamda ixcham avtomobil modellari jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Bu esa uni yanada yangi innovatsion g‘oyalar sari ilhomlantirdi.
O‘tgan yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada namoyish etilgan “Baggi” sport avtomobili modeli Innovatsion rivojlanish agentligining e’tiborini tortgan.
Shundan so‘ng, ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash maqsadida 76,5 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan. Natijada o‘qituvchi bir yil ichida turli murakkab sharoitlarda – botqoq, tog‘li va notekis yo‘llarda bemalol harakatlana oladigan ixcham transport vositasini ishlab chiqqan.
Ixtirochi o‘qituvchisi ushbu tezkor avtomobilga “Peredator” nomini bergan. Ushbu transport vositasi to‘liq mahalliy butlovchi qismlardan yig‘ilgan bo‘lib, uni yig‘ishda “Damas”ning dvigateli hamda “Vaz-2106”ning uzatmalar qutisidan foydalanilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Toshkentda ilk bor bola huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari forumi o‘tkazildi

Endi o‘quvchilar olgan sertifikatlar yakuniy imtihonlarda ham tan olinadi

Yangi o‘quv yilidan yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

O‘qituvchilarni 1-oktyabr munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Prezident 100 nafarga yaqin pedagog va murabbiylarni mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlar mukofotlandi.

O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ikkita fandan ham oliy toifa oldi
U Davlat va huquq asoslari fanidan ham Tarbiya fanidan ham oliy malaka toifasini oldi.
Izohingizni tahrirlang