Pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari”ga ko‘ra, tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida pedagog xodim o‘quvchisining ishtiroki uchun ball berilishi nazarda tutilgan.
Bunda ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’lumki, 2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy ta’rif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etiladigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 03-14-75-sonli ko‘rsatma xati bilan tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatda esa Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi ham ko‘rsatilgandi. Ya’ni, pedagog xodimlarga ustama tayinlashda faqatgina Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi natijalari hisobga olinishi nazarda tutilgandi.
Shu sababli, Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishida o‘quvchilar natijaga erishgan taqdirda ham pedagog xodimlarga ustama uchun ball bermaslikka to‘g‘ri kelib qolgandi. Bu haqda xalqtaliminfo.uz avvalroq xabar bergandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yil 13-mart kungi 03-14-769-sonli ko‘rsatma xatida, pedagoglarga ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxatiga qo‘shimcha tarzda “Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi” hamda “Ixtirochilikka qadam” ko‘rik tanlovlari ham umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Endilikda “Ixtirochilikka qadam” ko‘rik tanlovi hamda Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (science) olimpiadasining tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishida o‘quvchilar natijaga erishgan taqdirda pedagoglarga ustama uchun ball berish mumkin bo‘ldi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi

Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi

Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Mavzuga doir yangiliklar

O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?

Ustama uchun ball berishda qilingan ishlar veb-saytda ham yoritilishi kerakmi?
Maktab Ishchi guruhi ustama uchun qilingan tadbirlarni qabul qilmadi. Ular veb-saytlarda yoritilmagan tadbirlar qabul qilinmaydi, deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi?

2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.
Izohingizni tahrirlang