O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ikkita fandan ham oliy toifa oldi
Toshkent shahri, Sergeli tumani 6-maktabning Davlat va huquq asoslari hamda Tarbiya fani o‘qituvchisi Gulnara Mambetova attestatsiya test sinovlarida qatnashib, ikkala fandan ham yuqori ball oldi.
O‘qituvchi Tarbiya fanidan 84 ball bilan oliy malaka toifasini, Davlat va huquq asoslari fanidan esa 94 ballik natija bilan oliy toifani himoya qildi.
“17-aprel kuni, ikkala fan bo‘yicha attestatsiya imtihonlaridan o‘tish uchun keldim. Ertalab Tarbiya fanidan test imtihonlariga kirib, attestatsiya testlariga kirib, 84 ball oldim va oliy toifa oldim.
Undan keyin Davlat va huquq asoslari fanidan ham topshirdim va 94 ball bilan oliy toifamni tasdiqladim. Undan tashqari, yana qo‘shimcha ustama mablag‘lari olish ham niyatim bor edi. O‘sha niyatimga ham erishdim deb o‘ylayman.
Savollarga kelsak, savollar yaxshi tuzilgan, mantiqiy. O‘tgan yilgi savollardan deyarli farq qilmaydi. Agar o‘qituvchi savollarni diqqat bilan o‘qib, mulohaza qilsa, javoblarni albatta topadi deb o‘ylayman”, deydi o‘qituvchi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
Attestatsiya
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Yangiliklar
Attestatsiya bo'yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi
Endilikda apellyatsiya shikoyatlari o‘qituvchilar ishtiroksiz ko‘rib chiqiladi. Mazkur tartib hukumatning 2025-yil 26-noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan bekor qilindi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchi attestatsiyaga ariza topshirib, unda qatnashmasa amaldagi toifasi kuyib ketadimi?
Oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiman. 70 foizlik ustama, vazir jamg‘armasi va “Yil o‘qituvchisi”ga da’vogarlik qilish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgandim.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang