Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
                    Joriy yilning 19-iyun kuni Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir oldidan esa Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining barcha hududiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbarlariga BYD rusumidagi xizmat avtomobillari topshirildi.
Boshqarma boshliqlariga xizmat avtomashinalarini topshirish tadbirida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Prezident yordamchisi (hozirda Prezident Administratsiyasi rahbari) Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.
Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining rasmiy Telegram sahifasida yozib qoldirdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, topshirilgan avtomashinalar boshqarma boshliqlarining shaxsiy mulki hisoblanmaydi. Ya’ni, ushbu transport vositalari hududiy boshqarma rahbarlariga faqatgina xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun vaqtincha ajratilgan.
Agar boshqarma boshlig‘i boshqa lavozimga o‘tsa, ishdan bo‘shatilsa, avtomobil avtomatik tarzda yangi tayinlangan boshqarma rahbarining tasarrufiga o‘tadi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
                        
                    
                    
                    Yangiliklar
                                “Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
                                Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
                                Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
                                10-sinf o‘quvchilariga o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishga ruxsat beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                Samarqandlik 8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da g‘olib bo‘lib, Cobalt avtomobilini qo‘lga kiritdi
Nargiza Muhammadiyeva 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball bilan g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobilini qo‘lga kiritdi.
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                "Ustoz-2021" tanlovida g'olib bo'lgan o'qituvchilar Turkiyaga yo'l olmoqda
Bundan 3 yil avval O‘qituvchilar assosiatsiyasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» tanlovidan tubdan farq qiluvchi, «Ustoz-2021» tanlovi o‘tkazgandi.
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
Bektemirov Xamro Solayevich "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
                
                
                
            
                
                                O'zbek 
                                                                                                                                                                                
                                
                                
                                
                        
                                    
Izohingizni tahrirlang