Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni maktab ta’limida amalga oshirilgan islohotlar va kelgusidagi asosiy vazifalar to‘g‘risida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish vazifasi belgilangan.
Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tuman (shahar)lardan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborishni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, mas’ullarga ko‘rsatma berilgan.
Ushbu tadbirlar quyidagi 6 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2025-yil 1-avgustga qadar:
- xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborish uchun o‘qituvchilarni tanlab olish mezonlarini ishlab chiqadi;
- maktab o‘qituvchilarini tanlab oladi.
Bunda aniq, tabiiy, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi mentor va yetakchi o‘qituvchilarga asosiy e’tibor qaratiladi.
2-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2025-yil 5-avgustga qadar:
- har bir tuman (shahar)dan tanlab olingan 5 nafardan o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantiradi;
- malaka oshirishga yuboriladigan maktab o‘qituvchilari ro‘yxatini pedagogik mahorat markaziga taqdim etadi.
3-bosqich
Hududiy pedagogik mahorat markazlari 2025-yil 10-avgustga qadar:
- xorijiy malaka oshirish dasturlarini tahlil qilish va ehtiyojlarni aniqlaydi;
- xorijiy davlatlardagi malaka oshirish dasturlarini tanlab, kelishuvga erishadi.
4-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hududiy hokimliklar 2025-yil 20-avgustga qadar:
- o‘qituvchilarning xorijda malaka oshirish xarajatlar smetasini ishlab chiqadi;
- xarajatlar smetasiga asosan xorijiy davlatda malaka oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtiradi.
5-bosqich
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari 2025-yil sentabr–dekabr oylarida:
- maktab o‘qituvchilarini xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboradi;
- tuman (shahar)lardagi umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun xorijda malaka oshirish yakunlari bo‘yicha seminar-trening tashkil etadi.
6-bosqich
- A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti 2025-yil iyul–dekabr oylarida:
- tuman (shahar)lardan 5 nafardan maktab o‘qituvchilarini xorijga malaka oshirishga yuborish jarayonlarini tizimli monitoring qiladi;
- monitoring natijalari bo‘yicha har oyning 15- va 30-sanalarida vazirlikka axborot kiritadi.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi uy ta’limida dars beradigan o‘qituvchilarga "yo‘l haqi" ham to‘lab beriladi
Attestatsiya bo'yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Sirtqi ta’limda o‘qiyotgan o‘qituvchi malaka oshirishi majburiymi?
Pedagog xodim belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinadi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarni xorijga malaka oshirishga yuborish jarayoni boshlandi
Ayni vaqtda Farg‘ona viloyati hokimligi viloyatdagi pedagoglarni Yaponiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha tashkiliy ishlarni boshlab yuborgan.
Malaka oshirish
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari har uch yilda oliygohlarda malaka oshiradi
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy ta’lim fakultetlarida tashkil etiladi.
Yangiliklar
Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang