Top.Mail.Ru
Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi

Issiq ob-havo sabab Qoraqalpog‘istondagi ayrim bog‘chalar yopiladi

12:32 / 16.07.2025 214

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani hokimining qarori bilan joriy yilning 16-18-iyul kunlari ob-havoning +40 darajadan yuqori bo‘lishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Xo‘jayli tumani hokimligining rasmiy Telegram sahifasida ma’lum qilindi.


Avvalroq, “O‘zgidromet” joriy yilning 17-19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotgani haqida ogohlantirgandi.


17-iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18–20-iyul kunlarida hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagacha ko‘tariladi.


Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda respublikaning barcha hududlarida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yozgi to‘garaklar faoliyati ham davom ettirilmoqda.


Bundan avvalgi anomal issiq paytda ham mazkur yozgi to‘garaklar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ko‘rsatma berilmagan.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Maktabgacha ta'lim

Ulashish