Top.Mail.Ru
Attestatsiya test sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglar diqqatiga

Attestatsiya test sinovlarida ishtirok etadigan pedagoglar diqqatiga

22:26 / 20.10.2025 49

Juda ko‘p hollarda attestatsiya test sinovlarida ishtirok etgan pedagoglar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi bois, apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishadi.


Ammo ko‘pchilik, apellyatsiya berish tartibini yaxshi tushunmaganligi bois turli xil xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘shishadi, bu esa pedagoglar zarariga ishlashi mumkin.


Shu sababli, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar uchun quyidagi ma’lumotlarni eslatib o‘tamiz:


Pedagog xodim attestatsiyada ishtirok etib, ammo natijalaridan norozi bo‘lsa, natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishi lozim.


Bunda Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish yozma ravishda yoki pedkadr.uzedu.uz orqali pedagoglarning shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.


Ariza (shikoyat) ro‘yxatga olingan kundan boshlab 10 kun muddatda, qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilganda esa malaka toifasi sertifikatlari shakllantirilgunga qadar ko‘rib chiqiladi.


Murojaat etuvchi pedagog kadrlar apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati ko‘rib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.


  • Bu muhim: Shikoyat arizasi yo‘llagan pedagog xodim arizani aynan uning ishtirokida ko‘rib chiqilishini xohlasa, shikoyat arizasida ‘‘murojaat aynan mening ishtirokimda ko‘rib chiqilsin, degan mazmunda qo‘shimcha kiritishi lozim.


Chunki, attestatsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlislarida vazirlik mas’ullari pedagog kadrlar tomonidan yuborilgan shikoyat arizasida aynan shunday mazmunda murojaat yozib qoldirmaganligi uchun apellyatsiya shikoyat arizalari pedagog xodimlar ishtirokisiz ko‘rib chiqilganligini ma’lum qilgan.


Bunda agar pedagog kadr to‘g‘ri baholangan bo‘lsa, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar, shuningdek, sinovlarni o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, attestatsiya natijalarini o‘zgartirishsiz qoldiriladi.


Aksincha, pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi noto‘g‘ri baholangan bo‘lsa, o‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, attestatsiya natijalari o‘zgartirib beriladi.


O‘quv fani bo‘yicha test yoki malaka sinovlarini o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, test sinovlarining qaytadan o‘tkaziladi.


Eslatib o‘tamiz, vazirlikning buyrug‘i (qarori) yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan pedagog kadrlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Sud ishi

Ulashish