“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va kosmos sohalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov qilgan taqdimotda ta’lim sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish yuzasidan belgilangan vazifalar yuzasidan ham takliflar eshitildi.
Berilgan takliflarga ko‘ra maktab ta’limi uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma joriy qilinadi. Bunda o‘qituvchining virtual yordamchisi ishlab chiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi.
Ushbu yechim o‘qituvchilarga mavzuga doir ma’ruza matnlari, taqdimotlar, testlar, dars rejalarini tuzish, imtihon jarayonlarini nazorat qilishda ko‘maklashadi.
Kelgusi o‘quv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda o‘quvchi va talabalarga sun’iy intellektni o‘qitish boshlanadi. Buning uchun informatika o‘qituvchilari tayyorlanayotgani qayd etildi.
Lekin faqat ularni emas, butun maktab jamoasini sun’iy intellektdan foydalanishga o‘rgatilib, o‘qituvchilarning yuklamasini kamaytirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi. Shunda o‘qituvchida o‘z ustida ishlashga ko‘proq vaqt qoladi, deya ta’kidlandi yig‘ilishda.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ertadan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi uchun suhbat jarayonlari boshlanadi
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Ba’zi bolalar 12 yillik ta’limda, ba’zilari 11 yillik ta’limda o‘qiydimi?
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Yangi o‘quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlarida “Bir maktab – bir IT sinf” tamoyili asosida ixtisoslashgan sinflar ochish taklif etildi.
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
OpenAI kompaniyasi pedagoglar uchun maxsus ishlab chiqilgan “ChatGPT for Teachers” servisini taqdim etdi.
Qozog'iston
Endi qozog‘istonlik o‘qituvchilar ChatGPT’dan bepul foydalanadi
Qozog‘iston hukumati OpenAI bilan ta’lim tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha memorandum imzoladi.
AQSh
O‘qituvchilar o‘rnini sun’iy intellekt egallamoqda — AQSh
AQSHning Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan Alpha School maktabi ta’lim sohasida inqilob qilmoqda. Bu yerda 4- va 5-sinf o‘quvchilari har kuni darsga kelishadi, ammo ularning o‘qituvchisi — odatdagidek inson emas, balki sun’iy intellektdir.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang