Top.Mail.Ru
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?

Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?

10:54 / 10.12.2025 1.10k

Savol

Maktabda sentabr oyida 45 soat dars bor edi. Maktabda 4 nafar o‘qituvchi bor edi, shundan 1 nafar xodimning ikkinchi malaka toifasi, qolgan 3 nafarida toifa yo‘q edi. 


Sentabr oyidagi pedagogik kengash qaroriga binoan toifasi bor o‘qituvchi 19 soat, 2 nafar o‘qituvchi 9 soat va 1 nafar o‘qituvchi 8 soat dars bilan ta’minlandi.


Joriy yilda, avgust-dekabr oyida yana bir nafar xodim attestatsiyaga qatnashib, ikkinchi malaka toifasini oldi. Yanvar oyidagi dars taqsimotida yangi toifa olgan xodim sertifikatiga binoan ko‘proq dars talab qila oladimi? Agar talab qilsa, qancha dars so‘rashga haqli? 


Javob

Maktablardagi dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida keltirilgan ustuvor ketma-ketlikka asosan taqsimlanadi.


Bunda belgilangan ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.


Ma’lumki, pedagog xodimlar o‘rtasida dars soatlari har yili 15-sentabrga qadar taqsimlanadi. Ammo, umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan dars soatlari qayta taqsimlanishi mumkin.


Agar pedagog xodim o‘quv yili o‘rtasida malaka toifasi olsa va dars soatlarini ko‘paytirish istagini bildirsa, pedagogik kengash bu masalani ko‘rib chiqib, yanvar oyida darslarni qayta taqsimlashi mumkin.


Bunda aynan bir xil ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgan bir nechta o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlari teng taqsimlanishi kerak bo‘ladi.


Yuqoridagi vaziyatda yanvar oyida pedagogik kengash tomonidan teng malaka toifasiga ega bo‘lgan ikki nafar pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti

Ulashish