Farg‘ona va Xorazm viloyati MMTB boshliqlari ma’muriy javobgarlikka tortildi
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi maktab direktorini mehnat qonunchiligi talablariga zid ravishda lavozimidan ozod qilgani uchun viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat boshqarmasi rahbari tomonidan maktab direktorini ishdan bo‘shatish, shuningdek yangi direktor tayinlash jarayonida mehnat qonunchiligi talablari buzilgan. Shu asosda mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo belgilangan.
Advokat Muhammadamin Karimjonovning xabar berishicha, Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan yana bir qonun buzilish holati kuzatilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yil 24-dekabr kuni Farg‘ona viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining qarori bilan mehnat qonunchiligiga zid ravishda ishdan bo‘shatilgan Karimova Soxibaxon ismli fuqaro Bag‘dod tumani 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga tiklangan.
Lekin ish beruvchi hanuzgacha xodimni ishga tiklamay, qonunchilikka rioya qilmagan. Aslida esa MK 569, FPK 266, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun 30-moddalariga muvofiq sudning ishga tiklash qarori darhol ijro etilishi lozim.
Agar viloyat boshqarma boshlig‘i direktorni ishga tiklamaydigan bo‘lsa, MJTK 198-2-moddasiga ko‘ra, unga sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat qonunchiligini buzgan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirovga ham ma’muriy jarima qo‘llanilganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, pedagog xodimning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilgan Toshkent shahrining Uchtepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mansabdor shaxsiga oid to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari taalluqliligi bo‘yicha sud organlariga yuborilgan. Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazorat ishlari davom ettirilishini qayd etdi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga bo‘lgan murosasizlik muhitini shakllantirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzolandi.
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
Yangiliklar
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
Yangiliklar
Endi o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar sudlanmagan hisoblanadi
Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish, o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni sudlanmagan deb hisoblashning alohida tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang