Samarqandlik 8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da g‘olib bo‘lib, Cobalt avtomobilini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, 2023-yilning sentabr-dekabr oylarida
mahalla-sektor-tuman-hudud bosqichlari o‘tkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovining
respublika final bosqichi 2024-yilning 15-23-fevral kunlari o‘tkazilishi reja
qilingandi.
15-fevral kuni Toshkent
shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika final bosqichining
ochilish marosimi bo‘lib, tanlovning 1-shartiga start berilgandi. 17-fevral kuni “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14 yosh toifasi
final bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
Yakuniy
natijalarga ko‘ra Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 12-umuta’lim maktabi
8-sinf o‘quvchisi Nargiza Muhammadiyeva 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball bilan
g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobilini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 387
ball bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Mansurjonova Eʼzoza Jasur qizi (Namangan
viloyati) 50.000.000 so‘m pul mukofoti bilan, 379 ball bilan uchinchi o‘rinni
egallagan Sharopova Halima Sherali qizi (Buxoro viloyati) 30.000.000 soʻm pul
mukofoti bilan taqdirlandi.
Final bosqichida
qatnashgan barcha ishtirokchilar esa 10.000.000 soʻmdan pul mukofoti bilan
taqdirlandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Avvalroq, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilib, g‘olib jamoaga “Damas” avtomashinasi va 250 mln so‘mgacha pul mukofoti berilishi haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘zbekistonlik ikki nafar iqtidorli o‘quvchi dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Yangiliklar
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va pedagog xodimlarning xorijda ta’lim olishlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 88-son qarori imzolandi.
Yangiliklar
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Liliya Gaynutdinovaga ushbu ko‘krak nishoni Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida topshirilgan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang