Top.Mail.Ru
Pedagoglar uchun navbatdagi seminar-trening

Pedagoglar uchun navbatdagi seminar-trening

13:00 / 19.03.2024 1.19k
Joriy yilning 18-mart kuni Profi University Navoiy filiali faollar zalida “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limining o‘quv-metodik kengashi maqsadi va asosiy vazifalari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda o‘quv-metodik kengashi a’zolari, ta’lim sohasiga mas’ul mutasaddi rahbarlar hamda pedagoglar ishtirok etdi.

Seminarni Navoiy viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori, psixologiya fanlari doktori, professor F.Ro‘ziqulov ochib berdi.





Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova “O‘quv-metodik kengashlar faoliyatini tashkil etish hamda ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yishda kengash a’zolarining shaxsiy mas’uliyati” to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, “Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi o‘quv-metodik kengashi va apellyatsiya komissiyalari tarkibini tasdiqlash”, “O‘qituvchilarning ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish tartibi” kabi mavzularda ham ma’ruzalar qilindi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Seminar

Ulashish