Vazirlik “ma’naviyatchilar” uchun seminar o‘tkazdi
19:00 / 28.04.2024
2.78k
Maktablarda ishlab kelayotgan 250 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida 3 kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Seminarda Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov, Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Xilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov ishtirok etdi.
Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:
Yoshlarimizni ma’naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bog‘liq jarayondir.
Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri:
Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.
Seminar davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.
Bugun tashkil etilgan o‘quv-seminarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirokchilarni o‘quv seminaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi hamda sertifikatlarni topshirdi.
Fotogalereya
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
01:44 / 22.12.2024
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
11:04 / 19.12.2024
Maktabda qimor o‘yini tashkil qilgan direktor ishdan olindi
12:27 / 18.12.2024
Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
13:12 / 17.12.2024
Maktab va bog‘chalarda Yangi yil bayramini o‘tkazishga oid rasmiy ko‘rsatma berildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Menejerlik sertifikati
Yangiliklar
Yangiliklar
Direktor yo‘qligida uning vazifasini bajargan xodimga qo‘shimcha ish haqi to‘lanadimi?
Bu direktorning qancha vaqt ishda bo‘lmasligi bilan bog‘liq
21:41 / 14.11.2024
Maktab direktori bo'lish oson bo'lmaydi
Maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash endilikda “Direktorlar kengashi” tavsiyasiga asosan amalga oshirilib, direktorlikka nomzodlarga menejerlik sertifikatiga ega bo'lish talabi qo'yildi.
10:00 / 30.01.2024
30-avgustga qadar barcha hududlarda "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tadi
"Avgust kengashi" deya nomlangan tadbirlar "Ustozlar milliy forumi" sifatida davom etyapti
15:49 / 16.08.2024
"Qo‘qon tajribasi" asosida butun respublika bo‘ylab seminar tashkil etish rejalashtirilmoqda
Farg‘onada 5 kunlik seminar tashkil qildi.
15:15 / 31.07.2024
Izohingizni tahrirlang