Metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi?
23:00 / 30.05.2024
10.19k
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin.
Bunda uslubiy birlashmalari rahbarlariga tayinlanadigan 10 foizlik ustama o‘qituvchi sifatida olishi mumkin bo‘lgan ustamaga qo‘shimcha ravishda belgilanadi.
Xabaringiz bo‘lsa, 2023-yil 22-avgustda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilash mezonlari ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustamalar quyidagi tartibda belgilanadi:
1.Ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishdagi faolligi.
Bunda metodbirlashma a’zolari uchun kamida 3 ta metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha ma’lumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lsa 30 ball, tashkil etilmagan bo‘lsa 0 ball qo‘yiladi.
Buning uchun ishchi guruhga metodik tadbir haqida 1 varaqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va tadbirdan 2 dona fotolavha taqdim etiladi.
2.Ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishdagi faolligi.
Bunda metodbirlashma a’zolariga ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘qituvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan bo‘lsa 20 ball, tavsiya etilmagan bo‘lsa 0 ball qo‘yiladi.
Buning uchun tavsiya etilgan pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish usullari haqida 1 varaqdan oshmagan qisqa ma’lumot taqdim etiladi.
3.Fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tatbiq etishdagi faolligi.
Bunda umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilingan bo‘lsa 10 ball, muhokama qilinmagan bo‘lsa 0 ball qo‘yiladi.
Buning uchun metodik tadbir haqida 1 varaqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot taqdim qilinadi.
4.Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilashdagi faolligi.
Bunda umumta’lim muassasasidagi metod birlashmaga a’zo bo‘lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etgan bo‘lsa 30 ball, “Ochiq dars”lar tashkil etmagan bo‘lsa 0 ball qo‘yiladi.
Shuningdek, metodbirlashma yig‘ilishini chorak davomida o‘tkazgan bo‘lsa 10 ball, metodbirlashma yig‘ilishini o‘tkazmagan bo‘lsa 0 ball beriladi.
Eslatma: Yuqoridagi ko‘rsatkichlar har chorak yakuni bo‘yicha hisoblanmaydi, bunda 1-chorak natijalari 2-chorak davomida, 2-chorak natijalari 3-chorak davomida, 3-chorak natijalari 4-chorak davomida, 4-chorak natijalari esa keyingi yilning 1-choragi davomida amal qiladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
10:30 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
14:42 / 01.02.2025
Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
14:16 / 30.01.2025
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
10:00 / 30.01.2025
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Bilasizmi?
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi ustama hujjatlarini tekshirishga haqlimi?
Ular ustama hujjatlarini tekshirishga haqli emas
13:03 / 05.02.2025
Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
2025-2026-o‘quv yili uchun tadbirlar ro‘yxati
15:07 / 04.02.2025
Boshqa bir fan o‘qituvchisi ingliz tilidan sertifikat olsa, ustama to‘lab beriladimi?
Bunda o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi lozim
00:00 / 02.02.2025
“Turon” maktab teatri tanlovi natijalari ustamaga ball berishda hisobga o‘tmaydimi?
Ushbu ballarni bekor qilib yuborish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi
23:59 / 26.01.2025
Izohingizni tahrirlang