Top.Mail.Ru
"Nolavoy" sinfda o‘qiydigan jajji Mubina "Matiz" yutib oldi

"Nolavoy" sinfda o‘qiydigan jajji Mubina "Matiz" yutib oldi

18:30 / 04.06.2024 1.69k
Kuni kecha “GENIUS foundation” o‘quv markazi tomonidan Samarqand shahrida “Mental arifmetika” Respublika ochiq olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Olimpiadada Boyovut tumanidagi 33-umumta’lim maktabi “Boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlov” guruhi tarbiyalanuvchisi Mubina Ummatova ham ishtirok etib, mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va “Matiz” avtomobili sohibasi bo‘ldi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Yutuq

Ulashish