1-avgustdan 1-oktyabrgacha kuzgi attestatsiya o‘tkaziladi
17:40 / 07.06.2024
27.33k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadan oʻtganiga besh yil toʻlgan va besh yil davomida amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qilmagan yoki malaka toifasini (lavozimini) oshirmagan pedagog kadrlarni navbatdagi attestatsiyaga oʻz vaqtida jalb etish choralarini koʻrish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Vazir o‘rinbosari S.Rajabov imzolagan ko‘rsatma xatda “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”da pedagog kadrlar attestatsiyasi bir yilda ikki marta, yanvar-iyun va avgust dekabr oylarida tashkil etilishi, nizomning 19-bandida “attestatsiyadan oʻtish uchun pedagog kadrlar har yili 1-yanvardan 1-martga qadar va 1-avgustdan 1-oktabrga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qilishlari”, 36-bandida “pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari har yili mart — may hamda oktyabr — noyabr oylarida vakolatli vazirliklar tomonidan oʻtkazilishi”-belgilab qoʻyilganligi eslatib o‘tilgan.
Shuningdek, mas’ullarga navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish lozimligi aytildi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo‘lsak, 1-avgustdan 1-oktyabrgacha kuzgi attestatsiya o‘tkaziladi, malaka sinovlari oktyabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
00:18 / 26.12.2025
Endi zo‘ravonlik haqida xabar bermagan pedagoglar ham jazolanadi
23:11 / 24.12.2025
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
23:36 / 23.12.2025
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
13:07 / 23.12.2025
O‘quvchilarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar endi jarimaga tortilishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“O‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi” — Qozog‘iston ta’lim vaziri
Qozog‘istonlik o‘qituvchilar ommaviy ravishda attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, ta’lim vaziri xato va kamchiliklarni tan oldi.
11:04 / 04.12.2025
Attestatsiya
Attestatsiyada o‘qituvchilar huquqi cheklanishi bu qulaylikmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiyadagi o‘zgarishlarni aslida o‘qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
12:08 / 03.12.2025
Yangiliklar
Attestatsiya bo'yicha apellyatsiyada o‘qituvchilar ishtiroki rasman cheklandi
Endilikda apellyatsiya shikoyatlari o‘qituvchilar ishtiroksiz ko‘rib chiqiladi. Mazkur tartib hukumatning 2025-yil 26-noyabrdagi VM-740-sonli qarori bilan bekor qilindi.
10:30 / 28.11.2025
So'ragan edingiz
O‘qituvchi attestatsiyaga ariza topshirib, unda qatnashmasa amaldagi toifasi kuyib ketadimi?
Oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiman. 70 foizlik ustama, vazir jamg‘armasi va “Yil o‘qituvchisi”ga da’vogarlik qilish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgandim.
20:40 / 22.11.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang