Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
22:00 / 08.06.2025
23.34k
Savol
Metodik tavsiyam maktab miqyosida ommalashtirilgandi. Maktab miqyosida ommalashtirilganligi to‘g‘risida pedkengashning qarori ham bor.
Lekin “zavuchimiz” ustamaga ball hisoblashda ish tajribangiz ommalashtirish.uz platformasiga joylanmagan ekan deb, ball qo‘yishdan bosh tortdi. Axir maktab miqyosidagi ishlar uchun pedkengash qarorining o‘zi yetarli emasmi?
Lekin “zavuchimiz” ustamaga ball hisoblashda ish tajribangiz ommalashtirish.uz platformasiga joylanmagan ekan deb, ball qo‘yishdan bosh tortdi. Axir maktab miqyosidagi ishlar uchun pedkengash qarorining o‘zi yetarli emasmi?
Javob
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-martdagi 89-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi ishlab chiqilgan.
Mazkur tartibga ko‘ra, umumta’lim muassasasining fan o‘qituvchisi tomonidan ilg‘or tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodik ish yo‘nalishlar bo‘yicha maktabning Metodbirlashmasi tomonidan muhokama qilinadi hamda ilg‘or ish tajribaga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi.
Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi o‘rganib chiqiladi hamda maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik bo‘yicha Pedagogik kengash qarori qabul qilinadi.
Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.
E’tibor bering, maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ishni ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
Ya’ni, maktab miqyosida ommalashtirilgan ish tajriba uchun ustamaga ball hisoblashda metodik ishning platformaga joylashtirilganligi yoki joylashtirilmaganligi umuman ahamiyatsiz.
O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 4-bob 2-xatboshida maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmasligi va maktab miqyosida ommalashtirilganligiga isbot sifatida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qilishi belgilangan.
Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli ko‘rsatma xatida pedagog xodimlarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashda pedagoglardan taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati belgilangan.
Mazkur ko‘rsatmada o‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun pedagoglar tomonidan Ishchi guruhga ish tajribasining ommalashtirilganligi haqida tegishli kengash qarori hamda ommalashtirilgan ish tajribaning metodik majmuasi (tavsiya, qo‘llanma va boshqa materiallar) taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, maktab miqyosida ommalashtirilgan ish tajriba uchun ustamaga ball hisoblashda pedagogik kengash qarorining o‘zi yetarli hisoblanadi.
Shu sababli, bu vaziyatda pedagog xodimning ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilgan bo‘lib, ammo platformaga joylanmagan taqdirda ham o‘qituvchiga baholash mezoni talablariga muvofiq 7 ball berilishi lozim.
Izohlar 6
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
10:47 / 05.02.2026
Vazir E’zoza Karimova birinchi marta prezidentga taqdimot qildi
17:51 / 03.02.2026
Surxondaryodagi maktablar yana qog‘ozbozlikka qaytyaptimi?
12:27 / 02.02.2026
Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimidan ozod qilindi
15:31 / 01.02.2026
Endi pedagoglar bolalarga zo‘ravonlik qilsa, maktab direktori ularni ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
23:22 / 28.01.2026
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
14:30 / 24.01.2026
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
14:55 / 10.01.2026
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
14:35 / 12.11.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang