“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
10:30 / 06.07.2024
3.56k
Savol
Men 2021-yil sentyabrda qo‘shni tumanga qizil maktabga ishga kirgandim. Shartnoma 3 yilga tuzilgan edi. Shartnoma muddati 2024-yil sentyabr oyida tugaydi.
Endi yana shu maktabda ishni davom ettirmoqchiman. Maktab rahbari bo‘shash haqida ariza yozmasam ham shartnomani bekor qilishga haqlimi? Yana ishni shartnoma muddati tugagan bo‘lsa ham davom ettira olamanmi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi 646-son qarori bilan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi belgilangan.
Unga ko‘ra oliy ma’lumotga va birinchi yoki oliy malaka toifali, kamida bir yil pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglar ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan taqdirda ularga 50 foizdan – 100 foizgacha ustama to‘lanadi.
Amaldagi tartibga muvofiq belgilangan tartib asosida o‘qituvchi-pedagoglar qonunchilikda belgilangan tartibda vakant lavozimga yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qilinadi.
Lekin “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi haqida qoida mavjud emas.
Agar bunday qoida mavjud bo‘lgan taqdirda ham Mehnat kodeksiga zid bo‘lib qolardi. Mehnat kodeksining 111-moddasida muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asoslari sanab o‘tilgan. Shuningdek, 112, 113-moddalarda muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin va shart bo‘lgan holatlar keltirilgan.
Agar muddatli mehnat shartnomasi 112, 113-moddalarda belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
Demak, yuqoridagi vaziyatda ham xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Demak, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzish mumkin emas.
Xulosa shuki, “qizil” maktabga boshqa hududdan jalb qilingan pedagog bilan mehnat shartnomasi muddati tugagan bo‘lsa ham pedagog yana shu maktabda ish faoliyatini davom ettirishi mumkin. Chunki, muddatli mehnat shartnomasi tuzish uchun yetarli asoslar mavjud emas.
Diqqat: Pedagog xodim ikki o‘quv yili davomida “qizil” toifadagi maktabda ishlagan bo‘lsa, shu maktabda ishlayotganligi uchun to‘lanadigan ustamalar to‘xtatiladi.
Chunki, “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bob, 22-bandiga ko‘ra o‘qituvchi-pedagoglar faoliyat yuritayotgan maktab ikki o‘quv yili davomida ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilmasa, o‘qituvchi-pedagoglarga belgilangan boshqa hududlardan jalb etilganligi uchun to‘lanadigan maxsus ustamalarni to‘lash to‘xtatiladi.
Maxsus ustamalar pedagoglar borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan taqdirda, ro‘yxatdan chiqqan yildan keyingi o‘quv yili uchun to‘lanadi xolos. Ya’ni, qaysi holatda bo‘lishidan qat’i nazar maxsus ustamalar faqat ikki o‘quv yili davomida to‘lab beriladi.
Eslatma: Pedagog xodimlar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzishning asoslari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni mehnat huquqi bo‘yicha mutaxassis, Muhammadamin Karimjonovning quyidagi audiosharhi orqali bilib olishingiz mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
08:48 / 17.09.2024
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
10:00 / 16.09.2024
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
18:06 / 13.09.2024
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
09:53 / 13.09.2024
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
So'ragan edingiz
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Ustamalar 1-sentyabrdan boshlab bir kalendar yil davomida to'lab beriladi
14:38 / 12.09.2024
CHQBT fani o‘qituvchisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama bersa bo‘ladimi?
Ular uchun o'tayotgan dars soati uchun alohida ish haqi to‘lanmaydi
12:55 / 20.08.2024
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga C darajadagi milliy sertifikat uchun ustama beriladimi?
Umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.
16:10 / 02.08.2024
Sinf metodbirlashma rahbari 10 foizlik ustama olishga haqlimi?
Aslida, sinf metodbirlashma rahbariga ham 10 foizlik ustamalarni joriy qilish to‘g‘ri bo‘lardi.
10:55 / 31.07.2024
Izohingizni tahrirlang