Menejerlik sertifikatini olgan CHQBT fani o‘qituvchisiga ham 30 foizlik ustama to‘lanadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 1-apreldagi 105-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktabi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida ham ChQBT fani o‘qituvchilari – Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida qayd etilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan esa 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan maktab direktori o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorda lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanishi belgilangan.
Birinchi navbatda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra ChQBT fani o‘qituvchisi lavozimiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktorining o‘rinbosariga tenglashtiriladi, ammo ta’lim muassasasida ushbu fan o‘qituvchilari soni shtat bo‘yicha ikki nafar bo‘lgan taqdirda, ulardan ish staji va tajribasi ko‘p bo‘lgan ChQBT o‘qituvchisi lavozimi bo‘yicha direktor o‘rinbosari hisoblanadi.
Shu sababli, menejerlik o‘quv kurslarida o‘qib, sertifikat olgan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga 30 foizlik ustama to‘lab beriladi deb hisoblaymiz.
Eslatib o‘tamiz, mazkur masala bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari bilan ham muzokaralar olib borildi. Shundan so‘ng, vazirlik mas’ullari ham menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga 30 foizlik ustama to‘lab berilishini tasdiqlashdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Endi menejerlik kursida o'qib, sertifikat ololmagan direktorlarga yana bir bor imkoniyat beriladi
Amaldagi tartibga o‘zgartirishlar kiritildi
2025-yildan bog‘cha direktorlariga ham menejerlik sertifikati beriladi, sentyabrdan esa 30 foizlik ustama joriy qilinadi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 531-sonli qarori imzolandi
CHQBT fani o‘qituvchisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama bersa bo‘ladimi?
Ular uchun o'tayotgan dars soati uchun alohida ish haqi to‘lanmaydi
15-yanvardan boshlab Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari (CHQBT rahbari) ham malaka toifasi olishi mumkinmi?
Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham yanvar-iyun oylarida o'tkaziladigan attestatsiya test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Izohingizni tahrirlang