O‘qituvchiga direktor jamg'armasi hisobidan 50 foizlik ustama tayinlash mumkinmi?

19:10 / 11.07.2024
4.19k
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, o‘quv-tarbiya jarayoniga shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiq va tashabbuskor, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkasiga har oylik 40 foizgacha ustama belgilash mumkin.
Bunda pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida to‘plagan umumiy ballari bo‘yicha ularga quyidagi miqdorlarda ustama haq belgilanadi:
- 65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;
- 71 — 75 ball to‘plasa — 15 foiz;
- 76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;
- 81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;
- 86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;
- 91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;
- 96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.
O‘qituvchi mana shu nizom bo‘yicha 50 foiz ustama olishi ham mumkinmi?
Ha, mumkin. Agar pedagog xodim bir vaqtning o‘zida metodbirlashma rahbari bo‘lsa va uning metodbirlashma faoliyati ham ishchi guruh tomonidan ijobiy baholangan bo‘lsa, ularga o‘qituvchi sifatida olayotgan 40 foizlik ustamasiga qo‘shimcha ravishda yana 10 foiz ya’ni, 40%+10%=50% ustama to‘lab berilishi mumkin.
Metodbirlashmarahbarlariga 10 foizlik ustama qanday tayinlanadi?
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

22:50 / 21.10.2025
O‘quvchilar o‘rtasida Alisher Navoiy olimpiadasi o‘tkazilib, g‘oliblar grand asosida o‘qishga qabul qilinadi

21:25 / 21.10.2025
Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari milliy sertifikatni qay tartibda qo‘lga kiritishi aniq bo‘ldi

11:05 / 18.10.2025
Vazir E’zoza Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi

14:22 / 15.10.2025
Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
15:35 / 07.10.2025

Ustama tayinlangan o‘qituvchiga mukofot puli berib bo‘lmaydimi?
Ustama tayinlangan pedagog xodimga mukofot puli bermaslik to‘g‘risida hech qanday qoida belgilanmagan.
21:20 / 30.06.2024

O‘qituvchi ikkita maktabda ishlasa, ikkala maktabdan ham toifa va sertifikat uchun ustama oladimi?
O‘qituvchining lavozim maoshi bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi
15:18 / 20.02.2025

Pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lashdagi muammolar ijobiy hal etilmoqda
Farg‘ona viloyatidagi ayrim hududlarda 70 foizlik ustama belgilangan pedagoglarga mazkur ustamalarni to‘lab bermaslik holatlari qayd etildi. Mazkur muammolar esa xalqtaliminfo.uz hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi aralashuvidan keyin ijobiy hal etildi.
09:39 / 18.09.2025
Izohingizni tahrirlang