Uch yoshgacha bolalari bor ayol o‘qituvchi kasbiy sertifikat olmasdan ishlashi mumkinmi?
Savol
2023/2024-o‘quv yilida ishga kirgan stajyor o‘qituvchining 3 yoshga to‘lmagan farzandi bo‘lsa va u kasbiy sertifikat olish uchun imtihon topshirgan, lekin o‘tolmagan bo‘lsa, farzandi 3 yoshga to‘lmaguncha kasbiy sertifikat olmasdan ish faoliyatini davom ettirishi mumkinmi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan.
Ammo Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan tasdiqlangan reglamentning 10-bandiga ko‘ra quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinishi belgilangan:
- homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);
- uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
- uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.
Demak, yuqoridagi vaziyatda pedagog xodimning uch yoshgacha bo‘lgan farzandi bo‘lishiga qaramay ish beruvchi tomonidan kasbiy sertifikatlashga jalb qilingan. Bu esa Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qaroriga zid.
Shu sababli, kasbiy sertifikatlashdan o‘tmagan, uch yoshgacha bolalari bor ayol pedagog xodim uning farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar ta’lim muassasasida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Chunki, Mehnat kodeksining 409-moddasiga ko‘ra uch yoshgacha bolasi bo‘lgan xodimlar bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlangan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Bilasizmi?
Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
So'ragan edingiz
Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.
So'ragan edingiz
Dekret ta’tilidagi o‘qituvchining darslari qanday taqsimlanadi?
Buning ikkita yo‘li mavjud
So'ragan edingiz
Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?
Yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang