Quruvchilar o‘qituvchidan ko‘proq maosh olayotgani ma’lum bo‘ldi
Yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming so‘mga yetgani ma’lum qilindi. Ta’lim sohasida esa o‘rtacha maosh eng pastligicha qolmoqda.
O‘zbekiston Statistika agentligi tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim sohasi xodimlarning o‘rtacha maoshi 3,5 million so‘mni tashkil etib, hali ham mamlakatdagi eng past darajalardan biri bo‘lib qolmoqda.
O‘rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
- bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million so‘m;
- axborot va aloqa — 12,4 million so‘m;
- tashish va saqlash — 7,7 million so‘m;
- sanoat — 6,2 million so‘m;
- savdo — 5,9 million so‘m;
- qurilish — 5,4 million so‘m;
- yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million so‘m;
- ta’lim — 3,5 million so‘m;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 3,3 million so‘m.
Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (8 mln 137,7 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1 mln 844,4 ming so‘m) kuzatilgan.
Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5 mln 745,0 ming so‘m), Namangan (3 mln 475,1 ming so‘m) hamda Toshkent viloyatlarida (3 mln 460,2 ming so‘m) kuzatildi.
Yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyatida (116,9 %), Toshkent shahrida (116,4 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (115,9 %) hamda Xorazm viloyatida (115,8 %) qayd etilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Pedagog xodimlar 1-oktyabrdan boshlab qancha maosh oladi?
Pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshirilishi belgilandi
Ta’lim sohasi xodimlari oylik maosh bo'yicha nechanchi o'rindaligi ma’lum bo‘ldi
Ularning o‘rtacha ish haqi 3 million 434 ming so‘mni tashkil etgan.
2025-yil sentyabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega bo'lgan o‘qituvchilar oylik maoshi oshiriladi
Shavkat Mirziyoyev bugun maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
O‘qituvchilar maosh kamligi uchun maktabga bormayapti
Xorijiy til o‘qituvchilari oylik maosh kamligi uchun maktabda ishlashni xohlamayapti.
Izohingizni tahrirlang