Sinf metodbirlashma rahbari 10 foizlik ustama olishga haqlimi?
Savol
Maktablarda metod birlashma rahbarlari direktor jamg‘armasidan 10 % ustama olishi mumkin ekan. Shunda sinf rahbarlari metod birlashma rahbarlari ham ustama olishga haqlimi?
Javob
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo‘riqnomasi”ga muvofiq maktablarda sinf rahbarlari metodbirlashmalari tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7-bob, 26-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkinligi qayd etilgan.
Ko‘rib turganingizdek, mazkur nizomda faqatgina fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari nazarda tutilganligi bois sinf metodbirlashma rahbariga 10 foizlik ustama tayinlash imkonsiz.
Aslida, sinf metodbirlashma rahbariga ham 10 foizlik ustamalarni joriy qilish to‘g‘ri bo‘lardi. Sababi, ular ham fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari kabi faoliyat olib boradilar.
Afsuski, “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqqan mualliflar masalaning bu jihatini e’tiborga olmagan bo‘lishi mumkin.
Shu sababli, hozirgi kunda sinf metodbirlashma rahbariga ustama tayinlashning imkoni yo‘q.
Shu o‘rinda, xalqtaliminfo.uz tahririyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sinf metodbirlashma rahbarlariga ham ustama belgilash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishini ma’lum qilamiz.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rossiyada o‘quvchi bolg‘a bilan o‘qituvchisi va sinfdoshlariga hujum qildi
“Huquq” fani o‘qituvchilari 2026-yil yakunigacha bepul qayta tayyorlovdan o‘tkaziladi
Vazirlikdagi ayrim rahbar xodimlarining tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
16-sentyabrdan fan olimpiadalari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
Ustamalar 1-sentyabrdan boshlab bir kalendar yil davomida to'lab beriladi
CHQBT fani o‘qituvchisiga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama bersa bo‘ladimi?
Ular uchun o'tayotgan dars soati uchun alohida ish haqi to‘lanmaydi
Sinf rahbarlik qilmaydigan o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?
Sinf rahbarlik lavozimini o‘qituvchiga majburiy tarzda biriktirish haqida qoida mavjud emas.
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lab berilgan pullar qaytarib olinishi to‘g‘rimi?
Bu to‘lovlarni qayta undirib olish imkonsiz.
Izohingizni tahrirlang