Top.Mail.Ru
"Qo‘qon tajribasi" asosida butun respublika bo‘ylab seminar tashkil etish rejalashtirilmoqda

"Qo‘qon tajribasi" asosida butun respublika bo‘ylab seminar tashkil etish rejalashtirilmoqda

15:15 / 31.07.2024 2.68k

Maktabgacha va maktab vazirligi yangi o‘quv yili oldidan maktab rahbarlari faoliyatini jonlantirish maqsadida Farg‘onada 5 kunlik seminar tashkil qildi. Bundan avvalgi seminar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil qilingandi.


Seminar ta’lim tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar mavzusiga bag‘ishlandi.



Mazkur seminar dastlab Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida, keyin esa Marg‘ilon shahrida tashkillandi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Prezident maslahatchisining o‘rinbosari, Xalq qabulxonasi mudiri Ulug‘bek Muhammadiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevlar qatnashdi.



Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik bu kabi seminarlarni Qo‘qon tajribasi asosida butun respublika bo‘ylab tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Seminar

Ulashish