10-avgustga qadar stajyor-o‘qituvchilar kasbiy sertifikat uchun ro‘yxatdan o‘tishi lozim
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
Joriy yilning 25-iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilish boshlangan.
Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida muvaffaqiyatli o‘tgan 4 896 nafar stajyor-o‘qituvchilarning sertifikatlari ularning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan (56 balldan kam ball to‘plagan) stajyor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Talabalar kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb qilinadimi?
Talabalar tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma'lumotli shaxs hisoblanadi.
Yangiliklar
Endi ayrim psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi
Endilikda yangi ishga kirgan yoki attestatsiyadan o‘tolmagan psixologlar ham kasbiy sertifikat olishi kerak bo‘ladi.
Bilasizmi?
Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
So'ragan edingiz
Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang