Maktablardagi shtatlarni qisqartirish taklifi kimdan chiqqandi?

Umumta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlar qisqarishi mumkinligi haqidagi xabarlar ancha avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ulgurgandi.
Shundan so‘ng, xalqtaliminfo.uz tahririyati o‘z surishtiruvlarini boshlagandi. Shu kunning o‘zida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bilan bog‘lanib, kerakli ma’lumotlarni olgan.
Vazirlik Axborot xizmati bu taklif vazirlik tomonidan tayyorlanmaganligini va bugungi kunda shtatlar qisqartirilishi bo‘yicha hech qanday me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda bu taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligidan chiqqanligi aytilgan.
Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati 2024-yil 12-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga rasmiy xat yo‘llab, mazkur taklif qaysi vazirlik tashabbusi bilan amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlarni olishga uringandi.
Ammo Iqtisodiyot va moliya vazirligi saytda e’lon qilingan materialga ham rasmiy munosabat bildirmay, bizning so‘rovimizga hech qanday javob xati yo‘llamadi.
Ta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlarni qisqarish haqidagi taklifda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha metodist lavozimi, shuningdek Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlari lavozimini qisqartirish nazarda tutilgandi.
Aslida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablardagi shtatlarni qisqartirmaslik uchun maksimal darajada harakat qilgan. Shuningdek, hujjat loyihasida nazarda tutilgan boshqa ayrim shtatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin afsuski, psixolog va laborant shtat birliklarini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘quvchilar o‘rtasida Alisher Navoiy olimpiadasi o‘tkazilib, g‘oliblar grand asosida o‘qishga qabul qilinadi

Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari milliy sertifikatni qay tartibda qo‘lga kiritishi aniq bo‘ldi

Vazir E’zoza Karimovaga deputatlik so‘rovi yuborildi

Fan olimpiadasi testlari tarqalishiga sababchi bo‘lganlar javobgarlikka tortiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Homilador pedagogni shtatlar qisqarishi munosabati bilan ishdan bo‘shatish — jinoyat
Homilador ayolga shtatlar qisqarishi munosabati bilan ogohlantirish xati berilgan. Bu holat 2025-yil 1-oktyabrdan maktab maslahatchisi lavozimining joriy etilishi munosabati bilan, direktor o‘rinbosarlarining shtati maqbullashtirilishi ortidan sodir bo‘lgan.

Barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishyapti, shu to‘g‘rimi?
Ta’lim muassasalaridagi barcha direktor o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatish qonunchilikka zid.

Direktor o‘rinbosari shtatini qisqartirish hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladi
Avvalroq har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi haqida xabar bergandik. Ushbu lavozimni joriy etish haqidagi prezident farmoni imzolandi.

Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Ko‘pchilik qisqarishga tushayotgan xodimlar uchun mehnat qonunchiligida qanday imtiyoz va kafolatlar borligi haqida to‘liq ma’lumotga ega emas.
Izohingizni tahrirlang