Ayrim kollej binolari maktablarga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-sentyabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Bu haqda shu yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida vazifa qo‘yilgan edi. O‘tgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy o‘rganilib, qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda professional ta’lim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmog‘ini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida bo‘shaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Vazir Hilola Umarova 2025-yil rejalarini Prezidentga taqdimot qilib berdi
2025-yil 1-yanvardan ona tili va tarix o‘qituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Bosh vazir Harakat dasturida ta’lim sohasiga ham to‘xtalib o‘tdi
U oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushini 95 foizga yetkazilishi haqida gapirdi
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari endi toifa olish uchun ham test, ham amaliy imtihon topshiradi
Bu haqda Prezident qarori imzolandi
Endi musiqa fani o‘qituvchilari toifa olish uchun Madaniyat vazirligi imtihonidan ham o‘tadi
Bu haqda prezident qarori imzolandi
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
Prezident farmoni bilan maktablarga beriladigan kollejlar ro‘yxati tasdiqlandi
Izohingizni tahrirlang