"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi
Avvalroq xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buxgalteri o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlangan ustama pullarini iyun-avgust oylarida to‘lab berishni moliyaviy xato deb topib, o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi.
Bir qancha pedagoglar shu masalada murojaat qilgach, xalqtaliminfo.uz tahririyati holat yuzasidan O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga murojaat qilgandi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining xabar berishicha, pedagog xodimlarning oylik maoshidan ushlab qolingan pullar o‘qituvchilarga oktyabr oyidagi maoshlariga qo‘shib, qaytarib beriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hududiy bo‘linmasi tomonidan holat batafsil o‘rganilib, ta’lim muassasalarida tushuntirish ishlari olib borilgan.
“Bu kabi holatlarning boshqa hududlarda ham sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuboriladi”, deydi O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mas’ul xodimi.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda ushbu holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ham nazoratga olingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
6 mln so‘mlik vazir ustamasi oladigan pedagoglar kvotasi tasdiqlandi
Maktablarga elektromobil beriladi: Bunda “Bir million dasturchi”da eng yuqori natija talab etiladi
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Rahbar xodimlarning oylik maoshi yana ikki barobarga oshiriladi
Maktab rahbar xodimlarining oylik maoshlarini oshirish yuzasidan taklif berildi
O‘qituvchining darslarini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oylik berish kerakligi aytildi
Bunday taklif Alisher Qodirovdan chiqdi
Bolalarga yaxshi ta’lim bermagan o‘qituvchilarga kamroq maosh berish kerakligi aytildi
Bu tashabbus “Milliy tiklanish”partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovdan chiqdi
Toshkent shahar MMTB bir maktabda 54 ta jinoyat sodir etilgani haqidagi xabarni asossiz deya bayonot berdi
Boshqarmaning aytishicha, bu xabar haqiqatga to'g'ri kelmaydi
Izohingizni tahrirlang