Vazir Hilola Umarova maktablardagi hujjatlar raqamlashtirilsa, qancha mablag‘ tejalishini aytdi

Xabaringiz bor, yildan-yilga ta’lim muassasalarida yuritiladigan hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilmoqda. Bu jarayon izchil davom ettirilib, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab maktablardagi o‘quv-pedagogik hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi avvalroq xabar bergandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning aytishicha, hujjatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish natijasida ortiqcha sarf-xarajatlar iqtisod qilinadi.
Jumladan:
- o‘qituvchilar va maktab rahbariyati uchun qulaylik yaratiladi va ularning vaqti (bir o‘qituvchi yiliga 75 soat) tejaladi;
- maktab boshqaruvi jarayonida ortiqcha qog‘ozbozlikka barham beriladi, samaradorlikka erishiladi va shaffoflik ta’minlanadi;
- har yili 223 tonna qog‘oz va hududlarga yetkazish bo‘yicha logistika xarajatlari tejaladi;
- davlat xaridlari bo‘yicha har yili 10,1 mlrd so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi.
“Har qanday sohada zamon talablariga moslashish, raqamlashtirish ko‘plab muammolarga yechim bo‘lishi, katta mablag‘larni tejashi mumkin”, - deydi Hilola Umarova.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘qituvchi yaratgan mashina vazirlik tomonidan 63 mln so‘mga moliyalashtirildi

Maktablarda yozgi ta’til qisqarmoqdami?

Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi

Yangi o‘quv yilidan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ham attestatsiyaga jalb etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan boshlab birorta hujjat maktablarda qog‘oz shaklida yuritilmaydi
Keraksiz bo‘lgan hujjatlardan voz kechiladi.

Yil yakuni bo‘yicha pedagog xodimlardan ortiqcha hisobot talab qilish taqiqlangan
Pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bo‘yicha hisobi yuritilmaydi.

Direktor o‘rinbosarlarini qog‘ozbozlikdan qutqarish kerakmi?
Direktor o‘rinbosari vazirdan qog'ozbozlikni yo'q qilishni so‘radi.

Direktor o‘rinbosarlarining ma’naviyat-ma’rifat kengashiga hisobot berish tartibi bekor qilingan
Prezidentning PF-79-son Farmoni bilan ushbu tartib butunlay bekor qilingan.
Izohingizni tahrirlang